«ilon mask» tegli maqolalar


AQSh shtatlari Tramp Ilon Maskni DOGE rahbarligiga noqonuniy tayinlaganini da’vo qilmoqda
Kecha, 14:12

AQSh shtatlari Tramp Ilon Maskni DOGE rahbarligiga noqonuniy tayinlaganini da’vo qilmoqda

Bir necha shtatlar bosh prokurorlari Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskning federal xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha harakatlarini to‘xtatishni so‘rab, sudga murojaat qildi. Da’voda, shuningdek, Tramp Maskka AQSh Kongressining ruxsatisiz “cheklanmagan vakolatlar”ni bergani aytiladi.

AQSh Kongressi davlat xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi, hukumat faoliyati to‘xtab qolishi mumkin
20 dekabr 2024, 20:21

AQSh Kongressi davlat xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi, hukumat faoliyati to‘xtab qolishi mumkin

AQSh Kongressining Vakillar palatasi respublikachilar taklif etgan hamda Donald Tramp va milliarder Ilon Mask qo‘llab-quvvatlagan hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi. Hujjat yaqin vaqtda kelishilmasa, hukumat ishni to‘xtatishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ilon Mask boyligi 400 mlrd dollardan oshgan birinchi odam bo‘ldi — Bloomberg talqini
11 dekabr 2024, 23:52

Ilon Mask boyligi 400 mlrd dollardan oshgan birinchi odam bo‘ldi — Bloomberg talqini

Ilon Mask, Bloomberg talqiniga ko‘ra, boyligi 400 mlrd dollardan oshgan birinchi odamga aylandi. Bunga erishishda SpaceX aksiyalarining sotilishi muhim omil bo‘ldi. Forbes esa hozircha Maskning boyligini 367,5 mlrd dollarga baholamoqda.

“O‘zini hamprezidentdek tutyapti”. Trampning atrofidagilar Maskdan charchay boshladi — NBC
14 noyabr 2024, 22:52

“O‘zini hamprezidentdek tutyapti”. Trampning atrofidagilar Maskdan charchay boshladi — NBC

Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish”ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC.

Tramp Ilon Maskni hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimiga qo‘yadi
13 noyabr 2024, 11:58

Tramp Ilon Maskni hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimiga qo‘yadi

Donald Tramp uni saylov chog‘ida qo‘llab-quvvatlagan Ilon Maskni hukumatning samaradorlik departamenti yangi rahbari etib tayinladi. Tramp, shuningdek, Pentagon rahbari lavozimiga Fox News boshlovchisi nomzodini ilgari surdi.

Braziliya sudi X’ni bloklashni buyurdi, Starlink ijtimoiy tarmoqqa kirishni cheklashga rozi bo‘ldi
5 sentabr 2024, 01:24

Braziliya sudi X’ni bloklashni buyurdi, Starlink ijtimoiy tarmoqqa kirishni cheklashga rozi bo‘ldi

Braziliya Oliy sudi X’ga (Twitter) kirishni cheklashga qaror qildi va blokni chetlab o‘tganlik uchun jarimalar joriy qildi. Bunga ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask mamlakatda qonuniy vakil tayinlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Milliarderga tegishli Starlink tortishuvlardan so‘ng tarmoqni bloklashga rozi bo‘ldi.

Donald Tramp X tarmog‘ida Ilon Maskka intervyu berdi
14 avgust 2024, 03:22

Donald Tramp X tarmog‘ida Ilon Maskka intervyu berdi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp milliarder Ilon Maskka intervyu berdi. Suhbat Maskning X platformasida bo‘lib o‘tdi va texnik muammolar tufayli 40 daqiqa kechikish bilan boshlandi. Siyosatchi va biznesmen turli mavzularni muhokama qildi, shuningdek, “bir-birlariga maqtov yog‘dirdi”.

SpaceX Ilon Maskni tanqid qilgan xodimlarni ishdan noqonuniy bo‘shatishda ayblanmoqda
6 yanvar 2024, 09:37

SpaceX Ilon Maskni tanqid qilgan xodimlarni ishdan noqonuniy bo‘shatishda ayblanmoqda

AQSh Mehnat munosabatlari kengashi SpaceX kompaniyasini Ilon Maskning ommaviy xatti-harakatlarini tanqid qilib xat yozgan bir qancha xodimlarni noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatishda aybladi.

“Barcha qushlar bilan xayrlashamiz”. Twitter logosini “X”ga o‘zgartirdi
24 iyul 2023, 16:50

“Barcha qushlar bilan xayrlashamiz”. Twitter logosini “X”ga o‘zgartirdi

Twitter o‘z logotipini “X” belgisiga o‘zgartirdi. Shuningdek, Mask platformaning standart rangini qoraga almashtirishni taklif etgan.

Apple, Tesla asoschilari va boshqalar sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatib turishga chaqirdi
30 mart 2023, 18:07

Apple, Tesla asoschilari va boshqalar sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatib turishga chaqirdi

Yuqori texnologiyalar sohasidagi olimlar va ishbilarmonlar, jumladan, Ilon Mask va Stiv Voznyak sun’iy intellektni rivojlantirishni 6 oyga to‘xtatib turishga chaqirdi. Shu vaqt ichida ular AI sohasida xavfsizlik va tartibga solish bo‘yicha protokollarni ishlab chiqishni taklif qilmoqda.

Ilon Mask nihoyat Twitter`ni sotib oldi
27 oktabr 2022, 11:10

Ilon Mask nihoyat Twitter`ni sotib oldi

Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask uzoq davom etgan murosasiz fikrlardan so‘ng Twitter`ni sotib oldi. Tadbirkor dastlab aprel oyida kompaniyaga ega chiqish istagini bildirgandi.

Ilon Mask Twitter bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi
11 iyul 2022, 17:36

Ilon Mask Twitter bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi

Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi platformadagi soxta akkauntlar soni haqida aniq ma’lumot bermagani uchun ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslikka qaror qildi. Twitter xarid bo‘yicha kelishuv shartlarini bajartirishga erishish uchun Maskni sudga bermoqchi.

Ilon Mask Twitter`ni $44 mlrdga sotib oladi
26 aprel 2022, 08:46

Ilon Mask Twitter`ni $44 mlrdga sotib oladi

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 mlrd dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. «Umid qilamanki, hatto mening eng yomon tanqidchilarim ham Twitter`da qolishadi, chunki aynan shu so‘z erkinligini anglatadi», — deb yozdi Mask. Eslatib o‘tamiz, Twitter O‘zbekistonda hanuz bloklangan tarmoqlar sirasiga kiradi.

Tesla 2023-yilda Optimus robotlarini ishlab chiqarishi mumkin
9 aprel 2022, 11:35

Tesla 2023-yilda Optimus robotlarini ishlab chiqarishi mumkin

Tesla 2023-yilda Optimus robot modelini ishlab chiqarishi mumkin. Ilon Mask yaratiladigan robot “odamlar qilishni istamaydigan ishlarni bajarishga qodir” bo‘lishiga va’da berdi. Biroq, hali uning prototipi namoyish qilinmadi. Milliarder Tesla`ning o‘zi robotlarning birinchi foydalanuvchisiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.

Forbes 2022-yil uchun dunyo milliarderlari reytingini e’lon qildi
5 aprel 2022, 21:44

Forbes 2022-yil uchun dunyo milliarderlari reytingini e’lon qildi

Forbes’ning 2022-yilgi milliarderlar reytingida SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 219 mlrd dollar bilan 1-o‘rinni egalladi. Fransuaza Bettankur Mayers (74,8 mlrd dollar) dunyoning eng boy ayoli bo‘ldi. Shuningdek, Rossiyaning Top-15 milliarderlari boyligining kamaygani qayd etildi. Dunyoning eng ko‘p milliarderlari yashaydigan shaharlari va davlatlari ro‘yxati ham e’lon qilindi.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 fevral 2022, 22:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya Davlat Dumasining Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olish qarorini ma’qullagani, Ilon Maskning 5,7 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini xayriya qilgani, Mashqlarni yakunlagan Rossiya harbiylarining Qrimni tark etayotgani, Texas bosh prokurori Ken Pakstanning Facebook’ni sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 dekabr 2021, 22:29

Jahon yangiliklari dayjesti

Chilida yangi prezident saylangani, Qirg‘izistonda ichki qo‘shinlar qo‘mondonining katta miqdordagi davlat mol-mulkni o‘g‘rilashda gumonlanib qo‘lga olingani, Pentagon 100 ga yaqin amerikalik harbiylarni ekstremistik harakatlarda ayblab hibsga olgani, Ilon Maskning 11 mlrd dollar soliq to‘lashini ma’lum qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 oktabr 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi
27 oktabr 2021, 12:17

Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini tuzishni boshlagandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Uning boyligi rekord darajadagi 271,3 mlrd dollarga yetgan.

Ilon Maskning boyligi 200 mlrd dollardan oshdi
28 sentabr 2021, 18:43

Ilon Maskning boyligi 200 mlrd dollardan oshdi

Ilon Mask yana dunyoning eng boy milliarderlari reytingida birinchi pog‘onani egalladi. Uning boyligi Forbes Real-Time reytingida 203,4 mlrd dollarga baholanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting